1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniyada bardagi hojatxonadan maxfiy hujjatlar topildi

Hujjatni bar mijozlaridan biri topib olgan.

Britaniyada bardagi hojatxonadan maxfiy hujjatlar topildi

 

Britaniyaning Kambriya grafligidagi bar hojatxonasidan "HMS Anson" suv osti kemasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan maxfiy hujjatlar topildi

 

"Bar gavjum kecha edi. U yerda harbiylar va oddiy fuqarolar bor edi. Men hojatxonaga kirdim, hujjatlar kabinada yerda yotardi" — deydi uni topgan shaxs.

 

U hujjatlarda Britaniya maxfiy shtampini ko‘rgan.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, hujjatlarda suv osti kemasining ichki qismi ko‘rsatilgan.

 

"HMS Anson" suv osti kemasi 2023-yil fevral oyida birinchi marta ochiq dengizga chiqdi. U og'ir torpedalar, shuningdek, "Tomahawk" qanotli raketalari bilan jihozlangan. Suv osti kemasi yadroviy reaktorda va u 25 yil davomida yoqilg‘i quymasdan ishlay oladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика