1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniyada internet xavfsizligi kuchaytirildi

Endi voyaga yetmaganlarga istagan kontentini ko‘ra olmaydi.

Britaniyada internet xavfsizligi kuchaytirildi

 

Buyuk Britaniyada internet xavfsizligi bo‘yicha keng ko‘lamli qonun loyihasi qabul qilindi. U asosiy ijtimoiy platformalarga qatʼiy talablar qo‘yadi va voyaga yetmaganlarni zararli kontentni ko‘rishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.

 

Shuningdek, hujjat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yoshini tekshirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni joriy etishni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, voyaga yetmaganlarni hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik, giyohvandlik vositalari va qurol-yarog‘ savdosi, shuningdek, terrorizmni targ‘ib qiluvchi materiallardan himoya qilish kerak. Talablarni buzishda davom etayotgan platformalar qattiq jazolanadi.

 

Bu yil Buyuk Britaniyada davlat xizmatchilariga TikTok ilovasidan foydalanish taqiqlandi. Rasmiylarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar haqida juda katta hajmdagi maʼlumotlarni to‘playdi va saqlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика