Yuzdan ortiq xayriya tashkilotlari Buyuk Britaniyadan migratsion siyosatni o‘zgartirishni so‘radi. Bu murojaat Duvr shahrida noqonuniy migrantlar joylashtirilgan punkt yoqib yuborilgandan keyin amalga oshirilgan.
“Boshpana so‘rash bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatini tezlashtirish, xalqaro huquq normalariga amal qilish va Birlashgan Qirollikda qolishga harakat qilayotgan odamlar uchun qonuniy sharoitlarni yaratib berish zarur”, – deyiladi murojaatnomada.
Britaniya parlamentining umumiy palatasi aʼzosi Rodjer Geylning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar o‘ta og‘ir ahvolda saqlanmoqda: migratsion markazlar to‘lib ketgan, bu yerda kasalliklar avj olmoqda. Masalan, Angliya janubi-g‘arbidagi Kent shahridagi markaz ming kishiga mo‘ljallangan, ammo 4 ming kishi yashamoqda.
Yakshanba kuni Duvrda nomaʼlum erkak qochqinlarni joylashtirish markaziga o‘t qo‘ydi va keyinroq o‘z joniga qasd qildi.


