Taniqli xonanda Britni Spirs sevgan insoni, fitnes murabbiyi Sem Asgari bilan oila qurdi.
Tantanaga tashrif buyurgan yulduzlar orasida Selena Gomes, Donatella Versachi, Madonna, Kristina Agilera, Dyu Berrimor, Peris Xilton va boshqalar ham ko‘rinish bergan.
Maʼlumot uchun: Britni Spirs va Sem Asgari 2016-yilda xonanda tomonidan ijro etilgan “Slumber Party” qo‘shig‘i uchun klip suratga olish jarayonida tanishganlar. Uzoq vaqt mobaynida otasining vasiyligi ostida bo‘lgan Britniga turmushga chiqish taqiqlab qo‘yilgan. Ijodkor otasining vasiyligidan xalos bo‘lgandan keyin, o‘tgan yilning sentyabr oyida Sem Asgari bilan unashtirilganini maʼlum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu Britni Spirsning uchinchi turmushi hisoblanadi. Uning avvalgi turmushidan ikki nafar o‘g‘il farzandi bor.


