1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Bu holat qonunchiligimizda jiddiy muammolar borligini qo‘rsatmoqda”

Saida Mirziyoyeva Xorazmda qizlarni jinsiy aloqa qilishga majburlagan mansabdorlar ishiga munosabat bildirdi.

“Bu holat qonunchiligimizda jiddiy muammolar borligini qo‘rsatmoqda”

 

Avvalroq Xorazm viloyatida oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan 3 nafar tarbiyalanuvchisi viloyat adliya boshqarmasi va tuman FVV rahbarlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani haqida xabar berilgandi. Holatga Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva munosabat bildirdi.

 

Uning qayd etishicha, bu holat qonunchilikda jiddiy muammolar borligi va ushbu bo‘shliqdan jirkanch shaxslar foydalanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Voqea ishtirokchilari orasida huquq idorasi vakillari ham borligi esa nihoyatda xavotirli.

 

“Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida eʼtibor qaratib, sinchiklab o‘rganishni va huquqiy baho berishni so‘rayman.

 

Biz mavjud qonunchilikni qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish, turli “lazeyka”larni yopish, oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha qonunni qabul qilishni tezlashtirishimiz zarur. Mazkur qonun loyihasi ayollar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan”, — deydi Mirziyoyeva.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика