Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Haj–2023 mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni tartibli o‘tkazish yuzasidan videobayonot eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, 2023 yilning boshida 15 maygacha 36 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari Umra amallarini bajardi.
2022 yilda Haj ziyorati uchun 12 ming kvota ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda 15 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari Haj ziyoratini ado etishlari belgilandi.
Saudiya Arabistoni talabiga ko‘ra, Haj ziyoratiga boruvchilar tegishli vaksinalarning to‘liq dozasi bilan emlangan bo‘lishlari kerak.
Ziyoratchilar 4 iyun kunidan 19 iyun kuniga qadar Madinaga shahriga borishadi va 4 iyul kunidan 19 iyul kuniga qadar O‘zbekistonga qaytib kelishadi.


