1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bu yo‘nalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? —Prezident

Prezident bank va to‘lov tizimlarida himoya choralarini tezlashtirishni talab qildi.

Bu yo‘nalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? —Prezident

 

Uch yil avval Ichki ishlar vazirligi tizimida tashkil etilgan Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining faoliyati hanuzgacha sezilarli natija bermayotgani qayd etildi.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili poytaxtda kiberjinoyatlar soni 16 mingdan oshgan. Ushbu jinoyatlar oqibatida fuqarolar qariyb 2 trillion so‘m moddiy zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, ularni fosh etish darajasi 8 foizga ham yetmagan.

 

Qayd etilishicha, jinoyatchilar bank tizimidagi mavjud bo‘shliqlardan, aholining ishonuvchanligi hamda texnologik savodxonlik yetishmasligidan faol foydalanmoqda.

 

Davlat rahbari Ichki ishlar organlari va prokuratura tizimiga ushbu yo‘nalishda barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilganini eslatib, mutasaddilar oldiga qat’iy savol qo‘ydi:

“Bu yo‘nalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? Bank va to‘lov tashkilotlarida himoya tizimlarini joriy etish qachon yakunlanadi?” — dedi Prezident.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика