1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Budapesht Zelenskiy va Putin uchrashuviga mezbonlik qilmoqchi

Vengriya bosh vaziri hamkasblarini Budapeshtda muzokara o‘tkazishga taklif qildi.

Budapesht Zelenskiy va Putin uchrashuviga mezbonlik qilmoqchi

 


Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda unga Budapeshtda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. 

 

“Javob ijobiy bo‘ldi, biroq Rossiya prezidenti uning ma’lum shartlari borligini aytmoqda”, — deya Orbanning so‘zlarini keltiradi OAV.

 

Orban, Fransiya prezidenti Emmanuyel Markon va Germaniya kansleri Olaf Sholsni ham muzokaralar uchun Vengriyaga taklif qilganini aytdi.

 

Shuningdek, suhbat chog‘ida Vengriya bosh vaziri Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori ekanini aytgan.

 

Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Rossiya gazidan voz kechish masalasida Yevropa Ittifoqida yakdillik yo‘qligini aytgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика