1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun 20:00 dan boshlab vodiyda metan zapravkalar faoliyati qayta tiklanadi

“Ohangaron–Pungon” gaz quvurida qo‘shimcha 22 km qism foydalanishga topshirildi.

Bugun 20:00 dan boshlab vodiyda metan zapravkalar faoliyati qayta tiklanadi

6 sentyabr kuni “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qurilgan 22 kilometrli qo‘shimcha tarmoq ishga tushirildi. Montaj ishlari yakunlangach, vodiy viloyatlarida gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

 

Soat 20:00 dan boshlab Andijon viloyatida, 21:00 dan esa Farg‘ona va Namangan viloyatlarida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) hamda yirik iste’molchilar uchun metan gazi yetkazib berilishi qayta yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mazkur loyiha “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi diametri 1,2 metrli asosiy gaz quvuriga qo‘shimcha imkoniyat yaratib, vodiy aholisi uchun barqaror gaz ta’minotini kafolatlashga qaratilgan.

 

Mutaxassislar yangi quvur orqali vodiyga yetkazib beriladigan tabiiy gaz hajmi ortishi kutilayotganini, bu esa aholining ham, yirik korxonalarning ham iste’molini qondirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика