Avvalroq “G‘afur G‘ulom” istirohat bog‘i 24 oktyabr kuni ochilishi haqida xabar bergandik.
Bugun bog‘ qurilishiga masʼul shaxslardan birining Zamon.uz‘ga maʼlum qilishicha, uning ochilishi yana bir necha kunga surilishi mumkin. Bunga Toshkent shahrida kuzatilayotgan yomg‘irli ob-havo bilan bog‘liq vaziyat sabab qilib ko‘rsatildi.
Bundan avval esa “G‘afur G‘ulom” bog‘i shu yilning 1 sentyabr kuni faoliyatini qayta tiklashi aytilgandi.
Bundan tashqari mutasaddilar bog‘ning ochilmayotganiga chet eldan keltirilishi kerak bo‘lgan attraksionlarning kechikayotganini sabab qilgandi.


