1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha o‘zgaruvchan havo kutilmoqda

Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishini ma’lum qilindi.

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha o‘zgaruvchan havo kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi1-6, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, ba’zi joylarda kuchayishi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика