Bu haqda mazkur chempionatga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi. Qayd etilishicha, musobaqada 150 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etadi.
Jahon chempionati doirasida erkaklar va ayollar uchun musobaqada quyidagi toifalar taqdim qilingan:
• “Bodibilding” – muskullarning eng katta hajmiga ega sportchilar bellashadigan musobaqaning eng mashhur toifasi;
• “Atlet-fizik” – bu toifada sportchilar o‘zining mashg‘ulotlari, ovqatlanish va turmush tarzini ideal jismoniy holatiga erishish uchun tuzadilar;
• “Fitnes-fizik” – bu toifada qaddi-qomat, elastiklik, nafislik, texnika va estetika baholanadi, bundan tashqari akrobatika elementlari ham hisobga olinadi;
• “Model-fizik” – bu toifada sportchilar maqbul mushaklar massasiga ega kelishgan tana tuzilishlarini namoyish qilishlari kerak;
• “Sport-fizik” – bu toifada tananing vazni, tuzulishi va jismoniy holati hisobga olinadi.
Avvalroq O‘zbekistonda yangi sport tashkiloti – Funksional ko‘pkurash federatsiyasi tashkil etilgani hamda Qozon shahrida birinchi MDH o‘yinlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.


