1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog'ishi kutilmoqda

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi mumkin.

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog'ishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 30 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика