1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun Qamchiq dovonida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi

FVV fuqarolardan mazkur o‘quv mashqlarining amaliy jarayonlariga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘ramoqda.

Bugun Qamchiq dovonida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi

 

Bugun A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari ikki kun davom etadi.

 

O‘quv mashqlarini tashkil qilishdan maqsad – Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi rahbarlar tarkibi kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga oid tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat.

 

Shuningdek, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning samaradorligini oshirish ham nazarda tutilgan.

 

Xabarda fuqarolardan mazkur o‘quv mashqlarining amaliy jarayonlariga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud maʼlumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanish so‘ralmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика