“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 21 dekabr kuni mamlakat bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Aksariyat hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor, ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak hosil bo‘lishi mumkin.
Shamol g‘arb yo‘nalishidan shimoli-sharqqa o‘zgarib, tezligi 3–12 m/s bo‘ladi. Toshkent shahrida kechasi 0–2°C sovuq, kunduzi 0–2°C iliq bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida kechasi 0–5°C sovuq, kunduzi 0–5°C iliq; Buxoro va Navoiyda kechasi 0–5°C sovuq, kunduzi 0–5°C iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 0–5°C sovuq, kunduzi 2°C sovuq – 3°C iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 2°C sovuq – 3°C iliq, kunduzi 0–5°C iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, kechasi 3–8°C sovuq, kunduzi 0–5°C sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Muhim hodisalar: 20–22 dekabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.


