“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 14 dekabr kuni mamlakat bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Kechga tomon Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘adi.
Shamol asosan g‘arb yo‘nalishidan esadi, tezligi 3–12 m/s bo‘lib, ayrim hududlarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati: Toshkent shahri: kechasi 3–5°C iliq, kunduzi 13–18°C iliq. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida kechasi 2–7°C iliq, kunduzi 11–16°C iliq. Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 4–9°C iliq, kunduzi 15–20°C iliq. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0–5°C iliq, kunduzi 5–10°C iliq. Buxoro va Navoiyda kechasi 1–6°C iliq, kunduzi 10–15°C iliq. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 2°C sovuq – 3°C iliq, kunduzi 3–8°C iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi, kechasi 2°C sovuq – 3°C iliq, kunduzi 1–6°C iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar: 13–16 dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.


