Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati bugun, Toshkentning ayrim hududlarida gaz taʼminoti o‘chirilishini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan Yashnobod, Yakkasaroy, Uchtepa, Yashnobod va Olmazor tumanlarining baʼzi mahalla va ko‘chalarida gaz taʼminoti qisman to‘xtatiladi.
Unga ko‘ra,
Uchtepa tumanida 16 sentyabr kuni 11:00 dan 16:00 gacha:
— “Foziltepa” mahallasida;
— Ulgurji isteʼmolchilar 8 ta.
Olmazor tumanida 16 sentyabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
— “Chilto‘g‘on” mahallasida qisman;
— 1 ta ulgurji isteʼmolchi.
Yashnobod tumanida 18 sentyabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha:
— “Quruvchilar” mahallasida;
— “Inoqobod”mahallasining Shavkat, Chashma, Charos, Saodat ko‘chalarida;
— Ulgurji isteʼmolchilar – 15 ta.


