Bugun Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi xonadonlar gaz taʼminotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda “hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti xabar berdi. [https://t.me/HToshGaz/3824] Sergeli va Yangihayot tumani mahallarida taʼmirlash ishlari sababli tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Sergeli tumani “Xonobodtepa”mahallasining Dadaxo‘jayeva ko‘chasidan o‘tgan yer osti D-57 millimetrli o‘rta bosim gaz quvuri metro qurilishi hududidan boshqa xavfsiz joyga ko‘chirilmoqda. Shu sababli soat 10:00dan 15:00ga qadar “Xonobod”, “Xonobodtepa” va “Xontepa” mahallalaridagi jami 580 ta uy xo‘jaliklari hamda hududdagi 15 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Yangihayot tumani “Yangidarxon” mahallasi hududidan o‘tgan o‘rta bosim D-76 millimetrli yer usti gaz quvurida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu tufayli soat 10:00dan 17:00ga qadar mahallada joylashgan Navro‘z ko‘chasi va 4-9 tor Navro‘z ko‘chalaridagi jami 209 ta uy xo‘jaliklar hamda hududdagi 9 ta ulgurji isteʼmolchilar tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.