1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida issiqlik ta’minoti to‘xtatildi

Issiq suv o‘chgan hududlar ham ma’lum bo‘ldi.

Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida issiqlik ta’minoti to‘xtatildi

 

Toshkent shahri Mirobod, Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim kvartallarida bugun issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent matbuot xizmati хабар берди.

 

Ma’lum qilinishicha, magistral DU-600 mm quvuro‘tkazgichda yuz bergan avariya holati sababli Mirobod, Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim kvartallarida rejadan tashqari ishlar olib boriladi.

 

Shu munosabat bilan issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Xususan, issiq suv ta’minoti uzilmadi.

 

Qayd etilishicha, issiqlik ta’minoti 14 noyabr kuni soat 06:30 dan boshlab to‘xtatildi va taxminan 21:00 ga qadar qayta tiklanadi.

 

Issiq suv ta’minoti quyidagi manzillarda to‘xtatildi:

 

Qo‘yliq dahasi 1,2,3,4, 5, 6 va 7;

Munis ko‘chasi;

Yangi Qo‘yliq ko‘chasi;

Fitrat ko‘chasi;

Bexterova Sarako‘l ko‘chasi;

Yangi zamon ko‘chasi;

Tolimarjon ko‘chasi;

Sarako‘l ko‘chasi.

 

«Veolia Energy Tashkent yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi va isiqlik ta’minotini imkon qadar tezroq qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi», deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика