Bugun Toshkentdagi qator ko‘chalarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning Sergeli va Yashnabod tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
25 iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
Sergeli tumani: “Nog‘ayqo‘rg‘on” va “Qubaytepa” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Yashnobod tumani: “Ko‘ksaroy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Aytilishicha, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.


