1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Bugun Toshkentning uch tumanida suv o‘chadi

Bu haqda «Toshkent shahar suv taʼminoti» MCHJ maʼlum qildi.

Bugun Toshkentning uch tumanida suv o‘chadi

 

«Toshkent shahar suv taʼminoti» MCHJ ayrim tumanlarda isteʼmolchilarga ichimlik suv bosimining pasayishi va vaqtincha bo‘lmasligi haqida maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, bugun 29 may soat 09.00 dan 30 may soat 09.00 gacha:

 

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha Urug‘chilik markazi, Milliy bog‘, Yangi tong, Alisherobod, Zafar, Jo‘shqin, Sog‘lom avlod, Farovon hayot, Jasorat, Nurli Zamin ko‘chalarida, Anay buloq ko‘chasi ko‘p qavatli uyda, Texnika Xafsizligi oliygohida, Viloyat sud-tibbiyot ekspertizasida, Mehnat va ijtimoiy Akademiyasida;

 

Sergeli tumani bo‘yicha «Nog‘oyqo‘rg‘on», «Yuqori Darxon», «Belariq», «Pastdarxon» mahallalarida, Dehqon bozori, Sergeli avtomobil bozorida;

 

Yangihayot tumani bo‘yicha “Do‘stlik”, «Charag‘on», “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Toshkent”, “Chortoq”, “Chorbog‘”, «Yorqin hayot», “Olchazor”, “Qipchoq”, “Yo‘ldosh”, «Yangi Choshtepa», «Choshtepa», “Iqbol”, “Fayzli” mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar va xususiy xonadonlarda, 37-sonli oilaviy shifoxonasida, 1-sonli tug‘ruqxonasida, tuman Xokimiyati va Prokuraturasida suv bo‘lmaydi.

 

"Suv taʼminoti to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi", — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика