1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Bugun umumiy sovrin jamgʻarmasi 70 000 dollarlik turnirga start beriladi

Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun 9 davlatdan 20 nafar kuchli shaxmatchilar roʻyxatga olingan.

Bugun umumiy sovrin jamgʻarmasi 70 000 dollarlik turnirga start beriladi

 

Bugun Toshkentdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida “XVII jahon chempioni Rustam Qosimjonov” xalqaro turniri boshlanadi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar qildi.

 

Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun 9 davlatdan 20 nafar kuchli shaxmatchilar roʻyxatga olingan. Turnirning oʻzi 9 turdan iborat boʻladi. Xalqaro musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 70 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

 

Shaxmatchilar ikki guruhda bahs olib borishadi. Challengers guruhida oʻzbekistonlik shaxmatchilardan Ortiq Nigʻmatov, Abdumalik Abdusalimov, Saidakbar Saydaliyev, Muhammadali Abdurahmonov va Humoyun Begmuratov bosh sovrin uchun dona surishadi.

 

Ushbu guruhda armanistonlik xalqaro grossmeyster Gabriel Sargissyan (2628) birinchi raqam ostida tasniflangan.

 

Masters musobaqasida Aleksandr Grishuk (FIDE, 2731), Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston, 2714), Shahriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon, 2703), Jorden Van Forest (Niderlandiya, 2682), Rustam Qosimjonov (Oʻzbekiston, 2662), Parham Maqsudluu (Eron, 2660), Javohir Sindarov (Oʻzbekiston, 2578), Nodirbek Yakubboyev (Oʻzbekiston, 2577), Shamsiddin Vohidov (Oʻzbekiston, 2514), Jahongir Vohidov (Oʻzbekiston, 2513) ishtirok etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика