1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugundan barcha gaz “zapravka”lar ochiladi

Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi maʼlum qildi.

Bugundan barcha gaz “zapravka”lar ochiladi

 

Hasan Toshxo‘jayevning aniqlik kiritishicha, tabiiy gaz bosimining meʼyoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan eʼtiboran mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi.

 

Maʼlumot uchun: 18 fevral kuni respublika hududlarida havo haroratining pasayishi oqibatida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilayotganini inobatga olgan holda barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilgandi. 22 fevraldan boshlab O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanishi maʼlum qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика