Fuqarolar subsidiya olish uchun 2 xil usulda ariza topshirishlari mumkin: Davlat xizmatlari markazi (DXM) orqali yoki onlayn tarzda YaIDXP portali orqali.
1. DXM orqali topshirish: Pasport yoki ID kartangiz bilan yaqin DXMga boring. Operator yordamida anketa to‘ldiriladi va ariza rasmiy ro‘yxatga olinadi.
2. Onlayn tarzda: my.gov.uz saytiga kirib, “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish” xizmatini tanlang, arizani to‘ldiring. Qabul qilingani haqida xabar olasiz.
Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Shu asosda subsidiya olish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
