1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida “bola o‘g‘risi” paydo bo'lgani rad etildi

Voqeada ayolni haqoratlagan 7 nafar fuqaro javobgarlikga tortilmoqda.

Toshkent viloyatida “bola o‘g‘risi” paydo bo'lgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “bola o‘g‘risi qo‘lga olindi” mazmunidagi xabarlar rasmiy ravishda rad etildi.

 

Bolalar ombudsmani va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma’lumotiga ko‘ra, 25-avgust kuni Quyi Chirchiq tumani “Oydinobod” mahallasida yuz bergan voqea noto‘g‘ri talqin qilingan.

 

Aniqlanishicha, Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan ayol tanishini izlab mazkur hududga kelgan. U manzilni topish uchun mahalladagi bir boladan so‘ragan. Shu paytda ayrim fuqarolar uni shubhali deb hisoblab, haqoratli so‘zlar ishlatib, ayolga nisbatan noo‘rin muomala qilgan. Holat videoga olinib, “bola o‘g‘risi” sifatida asossiz tarzda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

 

Dastlabki surishtiruv natijasida ayolning bola o‘g‘irlashga aloqasi yo‘qligi tasdiqlandi. Aksincha, fuqarolarning o‘z qo‘li bilan “jazolash”ga urinishlari huquqbuzarlik deb topildi. Shu sababli 7 nafar shaxsga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha sudga yuborildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика