1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugundan OTMlarga kirish test sinovlari boshlandi

Test jarayonlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

Bugundan OTMlarga kirish test sinovlari boshlandi

 

Bugun, 1 avgustdan, 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Test sinovlari 13 avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

 

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilmoqda:

 

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;

 

2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar.

 

Kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tmoqda. Bunda:

 

🔹 bir smenada 1 274 ta guruhda 38 220 nafar;

 

🔹 bir kunda (ikki smenada) 2 548 ta guruhda 76 440 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

 

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика