
30 yoshli B.O. jiyanining tug‘ilgan kunida spirtli ichimlik ichib, mast holda tungi soat 03:00 atrofida amakisi N.A.ning uyiga borgan va janjal chiqargan. Taʼkidlanishicha, B.O. uni tinchlantirmoqchi bo‘lgan amakisini kaltaklab, ketmon bilan boshiga urib, o‘ldirgan.
Belgilangan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida A.N.ning o‘limiga tanasida og‘ir tan jarohat belgilari mavjudligi sabab bo‘lgani aytilgan. Sud tomonidan 30 yoshli B.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan to‘g‘ri malakalangan deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qiziriq tumanida suv talashib, o‘zaro janjal oqibatida fuqaro qo‘shnisini ketmon bilan urgani hamda Navoiyda uka akasini ketmon bilan urib, o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova tayyorladi.


