1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bundan buyon hokim yordamchisi kambag’allikni qisqartirishga javob beradi

Prezident mahalladagi yangi lavozimlar faoliyatiga to’xtaldi.

Bundan buyon hokim yordamchisi kambag’allikni qisqartirishga javob beradi

 

Respublikadagi ayni paytdagi 9 ming 309 ta mahalla raisining xotin-qizlar va oila bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari yangi tashkil etilgan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimiga o‘tkaziladi va har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi. Bu haqda “Yangi O’zbekiston” xabar bermoqda.

 

Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari qanday konkurs bilan tanlangan bo‘lsa, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ham shunday ochiq konkurs asosida, tajribali, obro‘-e’tiborli, tadbirkor ayollar orasidan lavozimiga qo‘yiladi.

 

Ya’ni, mahallada endi yaxlit tizim tashkil etiladi.

 

Bundan buyon:

– hokim yordamchisi kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga;

–  yoshlar yetakchisi yoshlar siyosati va yoshlar balansiga;

– xotin-qizlar bo‘yicha mas’ul esa, ayollar masalasi va ularning dardu-tashvishi ishlashga javob beradi.

 

Ushbu 3 ta yo‘nalish bo‘yicha, ularning aniq moliyaviy mablag‘lari bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика