1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Butun dunyo Ukrainaga yordam berishga kechikdi — Zelenskiy

Ukraina rahbari jahon hamjamiyatini qatʼiyatsizlikda aybladi

Butun dunyo Ukrainaga yordam berishga kechikdi — Zelenskiy

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashdi. 

 

Amerikalik muxbirning Rossiya bosqinchiligi fonida AQSH prezidenti Ukrainaga yordam berishda kechikdimi, degan savoliga javob berar ekan, butun dunyo Ukrainaga yordam berishga kech qolganini aytdi.

 

"Gap nafaqat prezident Baydenda, balki butun dunyoning qatʼiyatsizligida.  Ukraina uchun butun dunyo kechikdi.Dunyoning barcha maydonlarida nima bo‘layotganini ko‘rib turibsiz. Odamlar chiqib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda",  — deydi Zelenskiy.

Shu bilan birga Zelenskiy AQSH prezidenti Jozef Bayden bilan so‘nggi suhbatni ijobiy deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga muzokaralar stoliga o‘tirishni so‘rab murojaat qilgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика