1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Buxanka narxi deyarli bir barobarga oshdi

Toshkentdagi do‘konlarda bo‘lka nonning narxi 2800 so‘m etib belgilandi.

Buxanka narxi deyarli bir barobarga oshdi

 

Moliya vazirligi departamenti mudiri To‘lqin Mirzayev nonning narxi haqida fikr bildirib, bozorlarda o‘rtakashlik qilib, unning narxidan foyda ko‘rmoqchi bo‘lganlarga chora ko‘rilishini aytdi.
 

 «Agar bug‘doyning narxi 3000 so‘mdan oshmasa, ‘buxanka‘ning narxi 2800 so‘mdan oshmaydi. Bozordagi narxdan oshib ketmaydi. Bu holatni faqat Toshkentda sezishimiz mumkin. Boshqa hududlarda esa arzonroq, yana boshqasida qimmatroq bo‘lishi mumkin. Endi un birja savdolarida aynan bo‘lka non ishlab chiqaruvchilariga va aholiga unning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchilariga sotiladi. O‘rtakashlik qilib, daromad ko‘rmoqchi bo‘lganlarga un savdosini to‘xtatish choralarini ko‘ramiz», — degan To‘liq Mirzayev.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 may kuni o‘tkazilgan don mahsulotlari korxonalarida transformatsiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishda fermer va klasterlar o‘zi yetishtirgan g‘allani 1 iyuldan boshlab birjada sotishni boshlashi haqida ko‘rsatma bergandi.

Moliya vazirligi vakilining taʼkidlashicha, O‘zbekistonda bug‘doyning birjada sotilishi narxlarning barqarorlashishiga va kelgusida pasayishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика