1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda cho‘kayotgan ayolni qutqargan IIB xodimiga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

Avvalroq, to‘rt nafar farzandning onasi bo‘lgan ayol o‘zini daryoga tashlagani haqida xabar berilgan edi.

Buxoroda cho‘kayotgan ayolni qutqargan IIB xodimiga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

 

Avvalroq, 29-yanvar kuni soat 16:30 atrofida Buxoro viloyati Vobkent tumanidan oqib o‘tuvchi sovuq va tez oqimli daryoga yosh ayol o‘zini tashlagani xabar berilgan edi.

 

Mazkur holatga xizmat vazifasini o‘tayotgan Vobkent tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori, kapitan Amrillo Rasulov guvoh bo‘lgan. Xodim bir lahza ham ikkilanmay, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, muzdek suvga sakragan va kuchli oqimga qarshi kurashib, ayolni sog‘-omon qirg‘oqqa olib chiqqan. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, ayol G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi, 30 yoshga yetmagan, to‘rt nafar farzandning onasi bo‘lgan. Ayol zudlik bilan tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, favqulodda vaziyatda koʻrsatgan jasorati, qatʼiyati va kasbiga sadoqati uchun kapitan Amrillo Rasulovga muddatidan oldin “mayor” maxsus unvoni berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика