1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Buxorodagi binolar qum bo‘roniga dosh berolmadi

Hokimlik vakiliga tegishli bo'lgan “Nexia” avtomashinasiga bo'ron vaqtida qattiq jismlarning urilishi sabab jiddiy zarar yetgan.

Buxorodagi binolar qum bo‘roniga dosh berolmadi

 

4-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab esgan changli shamol va qum bo‘roni oqibatida Buxoro viloyati Peshku tumani hokimligi binosining tomi uchib ketdi.

 

Tuman hokimi Vahobjon Qahhorovning xabar berishicha,  shift hokimlik binosidan 20 metrcha naridagi yo‘l yoqasiga borib tushgan.

 

Kecha taxminan soat  17:00 lar  atrofida hokimlik binosiga o‘z muammolarini hal qilish uchun kelayotgan odamlarning ko‘z o‘ngida kuchli qumbo‘ron sodir bo‘ldi. Oqibatda, binoning  tom qismida vahimali ko‘chish yuzaga kelib, uchib ketgan.

 

Aniqlanishicha,  tuman hokimligi binosi oldidagi usti yopiq aholi dam olish o‘rindiqlariga ham jiddiy shikast yetgan. Yoritgichlar sinib, binoga elektr energiyasi yetkazib beruvchi barcha simlar yaroqsiz holga kelgan.

 

Bundan tashqari,  tuman soliq idorasi binosi shifti ham qumbo‘ronda qo‘porilib ko‘chib tushgan. Bir nechta aholi yashash uylarining shiftlari ko‘chgan, ko‘ngilsiz oqibatlardan ehtiyotlanish uchun qator manzillarni elektr energiyasidan uzib qo‘yishga to‘g‘ri kelgan.

 

Tabiiy ofatdan xabar topgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i va sektor rahbarlari zudlik bilan yetib kelgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: mazkur binolarning shiftlari bundan 7-8 yil ilgari sifatli qurilish materiallaridan mustahkam o‘rnatilgan. 2019 yilda Buxoroda esgan kuchli shamolga dosh bergan.

 

Shuningdek, 4 noyabr kuni tuproqning quruq ustki qatlamlarini shamol ko‘targani tufayli Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda chang–qum aralash tuman yuzaga keldi. Poytaxt havosidagi chang miqdori meʼyordan 5 barobar oshib ketgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda chang bo‘roni davom etayotgani  haqida xabar berilgandi.

Cho‘lponoy Ahmedova

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика