1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoro YUNESKOning "Ijodiy shaharlar tarmog‘i" dasturiga kiritildi

Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

Buxoro YUNESKOning "Ijodiy shaharlar tarmog‘i" dasturiga kiritildi

 

Taʼkidlanishicha, Buxoro YUNESKOning “Ijodkor shaharlari tarmog‘i” dasturiga “Amaliy bezak va xalq sanʼati” yo‘nalishi bo‘yicha kiritilgan Markaziy Osiyodagi ilk shahar bo‘ldi. Mazkur dastur dunyoning jami 300 dan ortiq shaharlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

 

“Ushbu ko‘hna shaharning tarixiy va madaniy merosi jahon hamjamiyatining munosib eʼtirofiga sazovor bo‘lgani nihoyatda muhim voqeadir”, — deya yozadi Mirziyoyeva.

 

YUNESKOning "Ijodiy shaharlar tarmog‘i" dasturi 2004-yilda tashkil etilgan va har ikki yilda yangilanadi. U ijodkorlikka barqaror shahar rivojlanishi dvigateli, ijtimoiy integratsiya va madaniyatning dunyoga taʼsirini kengaytirish uchun sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan shaharlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.

 

Dastur BMT tashabbuslarini, jumladan, 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика