Bugun soat 11:45 da Buxoro shahar “Fitrat” MFY Mirakon ko‘chasida joylashgan avtoturargohda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyida 3 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb qilingan. Yong‘in oqibatida Lacetti, Captiva va Nexia-2 rusumli avtomobillari qisman yongan.
Yong‘in soat 12:02 da batamom o‘chirilgan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.


