1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda oltin bor yerni auksionda olib berish uchun 600 ming dollar pora talab qilgan shaxs qamoqqa olindi

Bir necha marotaba sudlangan mazkur shaxs bu pul evaziga fuqaroga oltin va boshqa qimmatbaho metallarga ega bo‘lgan 290 gektar yerni mansabdor tanishlari yordamida auksion savdolari orqali olib berishni vada qilgan.

Buxoroda oltin bor yerni auksionda olib berish uchun 600 ming dollar pora talab qilgan shaxs qamoqqa olindi

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdorda pul talab qilgan firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor Buxoro viloyati Peshku tumani hududida joylashgan, oltin va boshqa qimmatbaho metallarga ega davlat zaxirasidagi 290 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali auksion savdolari orqali olib berishni va’da qilgan.

 

U mazkur xizmat evaziga Shofirkon tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqarodan 600 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun bir necha bor sudlangan ushbu shaxs oldindan 230 ming AQSh dollari va 840 million so‘m pul mablag‘larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика