Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unda keltirilishicha, Buxoro viloyati Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida bugun, 16 noyabr kuni soat 14:50 da “61-Avtokorxona” MCHJ tomonidan oqava suv quvurlarini yotqizish maqsadida, yer 5-6 metr chuqurlikda, eni 3 metr oralig‘ida kovlangan holda, 1000 mm.li suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda chuqurning chap tomoni o‘pirilib tushadi. Oqibatda, korxonaning ikki nafar ishchisini tuproq va qum bosib qolgan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ikki nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura rahbariyati va tezkor-tergov guruhi chiqqan.
Mazkur hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


