1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda bir ayol va yigitni pichoqlagan erkak qo'lga olindi

Mazkur holatga ilgaridan mavjud bo‘lgan kelishmovchilik sabab bo'lgan.

Buxoroda bir ayol va yigitni pichoqlagan erkak qo'lga olindi

 

Buxoro viloyati Kogon shahrida bir erkak tomonidan ayol va yigit pichoqlangani aks etgan video tarqalgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan ma’lumot berdi.

 

13-oktabr kuni taxminan soat 13:10 da Kogon shahrida 1971-yilda tug‘ilgan A.G. ilgaridan mavjud bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida ikki tanishi — 1963-yilda tug‘ilgan ayol N.A. va 1995-yilda tug‘ilgan U.D.ni qasddan o‘ldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan.

 

Oqibatda yigit shahar tibbiyot birlashmasida olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan. Ayolga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика