1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda gaz olinadigan yangi quduq ochildi

Hozirda u zavod quvuriga ulanmoqda.

Buxoroda gaz olinadigan yangi quduq ochildi

 

“Qulbeshkak” konida tabiiy gaz va kondensat olinadigan yangi quduq ochildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, “Qulbeshkak” gazkondensat konidagi 68-sonli quduqda olib borilgan burg‘ilash ishlari muvaffaqiyatli yakunlangan.  Quduqda burg‘ilash ishlari tugatilgach, 1886-1883m, 1881-1878m va 1870-1866 metr oraliqlarida perforasiya ishlari olib borilgan. 

 

Quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishilgan.

 

Kon Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, 2008 yildan buyon ishlatib kelinmoqda. Hozirda quduqni Uchqir gazni qayta ishlash zavodining quvuriga ulash ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика