1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda gaz qazib olinadigan yangi quduq ochildi

Undan kuniga 500 ming kub metr gaz olish mumkin.

Buxoroda gaz qazib olinadigan yangi quduq ochildi

 

Buxoro viloyatining Olot tumani hududida joylashgan "O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli "Tegirmon" gazkondensat konidagi 7-sonli qidiruv qudug‘i 2428 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi.

 

O‘tkazilgan sinash ishlari natijasida yuqori yura davri karbonat yotqiziqlarining mahsuldor qatlamidan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Quduqning boshlang‘ich kunlik debiti 500 ming kub metrni tashkil etmoqda.

 

Hozirgi vaqtda ushbu quduqning mahsuldor qatlami bosimi, harorati va kon-geologik parametrlarini aniqlash hamda uning sanoat miqyosida ishlab chiqarish quvvatlarini baholash maqsadida, geologik-tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика