1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda hokim yordamchisi fuqarolar nomiga 165 mln so‘m kredit olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yubordi

U o'zining mahalladoshlarini xabardor qilmasdan, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgan.

Buxoroda hokim yordamchisi fuqarolar nomiga 165 mln so‘m kredit olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yubordi

 

Buxoro viloyat IIBning xabar berishicha, Buxoro tumani “Yangi Turmush” mahallasi hokim yordamchisi o‘zi faoliyat olib borayotgan mahallada yashovchi 4 nafar fuqaroni xabardor qilmasdan har birining nomiga 33 mln so‘mdan, jami 165 mln so‘mlik,14 foizli imtiyozli kredit mablag‘larini olish maqsadida tavsiyanomalar va dalolatnomalar rasmiylashtirib, elektron bazaga kiritish yo‘li bilan “Agrobank” Buxoro tuman filialidan kredit mablag‘larini olgan hamda o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика