Avvalroq Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor Mirali Hojiyev brakoner tomonidan o‘q uzilishi oqibatida xizmat vaqtida yaralangani haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura axborot xizmatining xabar berishicha, gumonlanuvchi tekshiruv davomida ov qilish maqsadida kelgani va ushbu qilmishni sodir etgan shaxslarning shaxsi aniqlandi.
Ulardan 2 dona ov qurollari olib qo'yilgan. Shuningdek, Qorovulbozor tumani ekologiya boshlig‘i olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlandi.
Hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


