1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda ispaniyalik erkak vafot etdi

U savdo rastasi oldida to‘satdan hushidan ketgan

Buxoroda ispaniyalik erkak vafot etdi

 

Buxoro viloyatida ispaniyalik erkak savdolashayotgan vaqtda to‘satdan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

 

7 iyun kuni Ispaniya Respublikasi fuqarosi Amez Perez Antonio Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan Haqiqat ko‘chasini aylanib, tarixiy buyumlar savdo rastasi oldida savdolashib turgan vaqtida to‘satdan hushidan ketib, voqea joyida vafot etgan.

 

Amez Perez Antonio tobi qochib yiqilganidan so‘ng 22 daqiqa o‘tib, tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика