1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Buxoroda joniga qasd qilishga uringan qiz 7-qavatdan sakramoqchi bo‘ldi

U hali maktab o‘quvchisi ekani aniqlandi.

Buxoroda joniga qasd qilishga uringan qiz 7-qavatdan sakramoqchi bo‘ldi

 

Buxoro viloyatining Buxoro shahrida o‘zini yetti qavatli uy tomidan pastga tashlashga uringan 16 yoshli qiz qutqarildi. 

 

Joniga qasd qilishga uringan qiz IIB profilaktika inspektori tomonidan ushlab qolingan.

 

Hudud profilaktika inspektori Jahongir Haydarov mazkur voqeaga quyidagicha munosabat bildirdi:

 

"Bugun, 22-fevral kuni soat 11:29 da menga qo‘ng‘iroq qilishib, bir qiz o‘zini domning yettinchi qavatidan pastga tashlashga urinayotganini aytishdi. Aytilgan manzil xizmat xonamdan, chamasi, 700 metrcha uzoqlikda joylashgandi.

Tezda xizmat mashinamga o‘tirib, uch daqiqada manzilga yetib bordik.

Tomga chiqqanimizda qiz devor ustiga chiqib, yomg‘ir suvlari oqib tushishiga mo‘ljallangan metall qoplamalar ustiga chiqa boshladi. Uni gap bilan chalg‘itdik va ushlab qoldik", — deydi.

 

Profilaktika inspektori bilan tom ustida suhbat qilgan o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qilishiga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lganini bildirgan.

Keyinchalik qizning Buxoro shahridagi 8-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olishi, shahardagi ziyoli oila farzandi ekani, joniga qasd qilish uchun arzirli sabab yo‘qligi maʼlum bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fotihasi buzilgani uchun o‘z joniga qasd qilgan qizning jasadi hamon qidirilgayotgani hamda o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lgan o‘smir qutqarib qolingani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика