Buxoro viloyatining Olot tumanida 10 yoshli qiz maktabdan qaytayotganida tashlandiq quduqqa tushib, hayotdan ko‘z yumdi.
Hodisa 15-aprel kuni Olot tumanidagi 28-maktab yaqinida joylashgan hovlilardan birida sodir bo‘lgan. 3-sinfda o‘qiydigan qizaloq dugonalari bilan darsdan so‘ng do‘kon hovlisiga kirgan va u yerda qarovsiz qolgan suv qudug‘iga tushib ketgan.
Qizaloqning dugonalari zudlik bilan maktabga xabar bergan. Voqea joyiga yetib borgan maktab qorovuli uni quduqdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan, biroq o‘sha zahotiyoq o'zi ham kuchli ruhiy zarbadan komaga tushgan. Hozirda uning ahvoli barqarorlashayotgani aytilmoqda.
Qiz zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, ammo yo‘lda yoki shifoxonaga yetgach hayotdan ko‘z yumgan.
Voqea joyiga tuman hokimi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari va boshqa mutasaddilar yetib borgan.


