Buxoroda noqonuniy freon gaz ballonlarini olib kirishga bo‘lgan urinishning oldi olindi

Tarkibida ozon yemiruvchi moddalar bo‘lgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringanlar qo‘lga olindi.

Buxoroda  noqonuniy freon gaz ballonlarini   olib kirishga  bo‘lgan urinishning oldi olindi

 

“Olot” chegara bojxona postida qo‘shni davlat orqali xorijdan kirib kelgan yuk avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

 

Hujjatlarga ko‘ra, mazkur yuk avtotransport vositasiga qiymati 21 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi salkam 21,7 tonna og‘irlikdagi tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan 3 turdagi 1 290 dona freon gaz ballonlari ortilgan edi. Ammo tovarlarni ko‘zdan kechirish jarayonida mazkur freonlarning qadoqlaridagi 22 raqami qo‘lbola tarzda yopishqoq yorliqlar ko‘magida 134 raqamiga o‘zgartirilgani fosh bo‘ldi.

 

Yaʼni, “Xlordiftormetan R22” moddasini hujjatlarda go‘yoki “Tetraftoretan 134a” tarzida ko‘rsatish orqali yuk egalari ushbu tovarlarni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz olib kirmoqchi bo‘lishgan.

 

Hozirda qiymati 2,7  milliard so‘mlik 1 290 dona freon gaz ballonlari vaqtinchalik saqlovga olindi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan esa bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida yaqinda respublika hududiga havo yo‘llari orqali qalbaki valyutalarni olib kirishga bo‘lgan urinishlarning oldi olingani hamda Sirdaryoda lochinlarni 280 million so‘mga pullamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingani haqida maʼlumot berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика