1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Buxoroda onasi tomonidan o‘ldirilgan chaqaloq axlat qutisiga tashlab ketildi

Go‘dak o‘g‘il bola bo‘lgan.

Buxoroda onasi tomonidan o‘ldirilgan chaqaloq axlat qutisiga tashlab ketildi

 

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida istiqomat qiluvchi 27 yoshli turmushidan ajrashgan ayol 9 may kuni farzand dunyoga keltirib, so‘ng bolani o‘ldirgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi maʼlum qildi.

 

Xabarda keltirilishicha, dushanba kuni soat 11:00 da yuvinish xonasida ko‘zi yorigan ayol o‘g‘li tug‘ilishi bilan uni o‘ldirib, axlat qutisiga tashlab ketgan.

 

Surishtiruvlar natijasida ayol o‘tgan yili Rossiya davlatiga ishlash uchun borgani, u yerda namanganlik erkak bilan tanishib, undan homilador bo‘lib qolgani aniqlandi. Ayol O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng esa Buxoro shahrida yashovchi xolasining uyida ijarada turgan.

 

Hozirda ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика