
Qayd etilishicha, G‘ijduvonda yashovchi shaxs Buxoro tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaroni G‘ijduvon tibbiyot kollejiga kiritib qo‘yishini aytib, undan 400 AQSH dollari so‘ragan.
Ushbu shaxs pullarni olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan va tegishli tartibda jazolangan.
Biroq ko‘p o‘tmay ayni shu shaxs 1994 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uni G‘ijduvon tibbiyot kollejiga kiritib qo‘yishini aytgan. Ushbu shaxs tezkor tadbir davomida fuqarodan 300 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan davlat universiteti o‘qituvchilari pora bilan qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar bergandik.


