1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda o‘qituvchi talabadan pora olayotganda qo‘lga tushdi

Holat yuzasidan viloyat IIB maʼlumot berdi.

Buxoroda o‘qituvchi talabadan pora olayotganda qo‘lga tushdi

 

Talabani darslardan ozod qilish evaziga pul talab qilgan o‘qituvchi ushlandi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.

 

Holat O‘zbekiston Respublikasi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Buxoro filialida yuz bergan. 1966 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi Q.Z. va 1987 yilda tug‘ilgan A.D. bir guruh bo‘lib, xizmat mavqeyidan foydalangan holda mazkur filialda o‘qib kelayotgan N.G.ni aldab, darslardan ozod qilish vakolati bo‘lmasada, vakolatli tanishlari orqali uni darslardan ozod qilish evaziga 1 mln so‘m miqdorida pul mablag‘i berishini so‘rashgan.

 

Joriy yil 3 may kuni soat 14:30 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar filialdagi xizmat xonasida talab qilingan pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика