
Unda aytilishicha, ayrim shaxslar kredit to‘lovlari va qarzlarini o‘z vaqtida to‘lamagan. To‘lovni undirish uchun Majburiy ijro byurosiga undirish buyruqlari kelib tushgan. Davlat ijrochilari tomonidan qarzdor shaxslarga tegishli avtomashinalar aniqlangan va qidiruvga berilgan. Avtoulovlar bir kunda topilgan.
Shuningdek, ayrim tashkilot va masʼuliyatli jamiyatlar davlat bojini to‘lamagani sababli viloyatdagi tumanlararo sudlarning ijro hujjatlariga asosan ularga tegishli bo‘lgan avtomobillar aniqlangan va qidiruvga berilgan. Ular ham bir kun ichida topilgan.
Qidiruv natijasida topilgan avtomashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Ular asosan “Cobalt”, “Captiva”, “Malibu”, “Nexia”, “Lacetti” rusumli yengil hamda “LW300KN” va “HOWO” rusumli yuk avtomashinalaridir.
Hozirda avtomobillarning narxi baholanib, “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilmoqda. Sotuvdan tushgan pullar esa qarzdorlikni qoplashga qaratiladi.
Avvalroq qarzdorning “Trailblazer” avtomashinasi xatlangani hamda MIB tomonidan 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


