1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Buxoroda saksovul tergan fuqaro 9,5 million so‘m jarimaga tortildi

U saksovul o‘simliklarini noqonuniy tarzda sindirib, olib ketayotgan bo'lgan.

Buxoroda saksovul tergan fuqaro 9,5 million so‘m jarimaga tortildi

 

Buxoro viloyatining Jondor tumanida saksovul butalarini sindirgan fuqaroga jarima qo‘llanildi. Bu haqida viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan cho‘l hududlarida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Jondor tumani "Qozikenti" MFYda yashovchi fuqaro Y.N. tuman o‘rmon fondi yerlarida o‘sgan saksovul o‘simliklarini noqonuniy tarzda sindirib, olib ketayotgani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda 1-qismiga asosan 9 452 000 so‘m jarima qo‘llandi.

 

Boshqarmaning qo‘shimcha qilishicha, Jondor tuman Ekologiya bo‘limi tomonidan avgust oyida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 31 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 24 140 000 so‘m jarima hamda tabiatga zarar hisoblangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика